Maqolalar

Veb-kvest

1-mavzu yuzasidan veb-kvest: "MS Wordda mukammal hujjat yaratish"

 

Kirish: Siz katta jamoada ishlaysiz va rahbaringiz sizdan rasmiy hujjat tayyorlashingizni so‘radi. Hujjat standartlarga muvofiq bo‘lishi va professional ko‘rinishda bo‘lishi lozim.

 

Vazifa

MS Wordda rasmiy hujjat yaratish:

  • Mavzular va paragraflarni to‘g‘ri formatlash.
  • Shrift va ranglar standartlar asosida tanlang.
  • Jadval va rasmlardan foydalaning.
  • MS Worddagi tayyor shablonlardan foydalanishingiz mumkin.

Bajarilish ketma-ketligi (protsess)

  1. Word hujjatlarini formatlash haqida internetdan ma’lumot toping (www.microsoft.com, YouTube darslari, www.starmedia.uz).
  2. Wordda hujjat yarating va unga mazmunnoma, sarlavhalar, rasmlar va tablitsa qo‘shing.
  3. Hujjatni PDF formatida saqlab, tayyorlangan ishingizni guruhda taqdim eting.

Resurslar

  1. Microsoft rasmiy saytihttps://support.microsoft.com
  2. YouTubedagi Word darslari.
  3. www.starmedia.uz darslari 

Baholash

  • Formatlash va dizayn sohasiga– 30 ball
  • Kontent sifati  – 30 ball
  • Qo‘shimcha elementlar (mazmuni, rasm, jadval) – 20 ball
  • Taqdimot sifati – 20 ball


Jami: 100 ball

Xulosa

Siz MS Word dasturida professional hujjat tayyorlash ko‘nikmasini rivojlantirdingiz hujjatlarni qanday tayyorlashni o‘rgandingiz.

 

 

 

 

 

2-mavzu yuzasidan Webquest: 

"Word infografikasi va dizayni"

 

Kirish

Siz maktabda bayram tadbiri uchun Wordda reklama bukletlar yaratishingiz lozim. Bu buklet bayram va bayram mehmonlari haqida maʼlumot berishi va visual jihatdan jozibador bo’lishi lozim.

 

Vazifa

MS Word ijodiy bukleti yoki poster.

 

Jarayon

  1. Wordda dizayn usullari xaqida internetdan malumot to'plash.
  2. Buklet uchun ikki yoki uch betlik maket tayyorlang.
  3. Rasmlar, shakllar, diagrammalar va grafiklar qo'shing.
  4. Tayorlangan bukletlar PDF yoki PNG formatida saqlang.
  5. Guruhda taqdimot qiling va baxolang.

 

Resurslar

  • Microsoftning rasmiy dizayn qo'llanmalari.
  • YouTubedagi design bo’yicha Word darslari.

 

Baholash

  • Dizayn va vizual materiallar – 40 ball
  • Ma'lumotlar mazmuni - 30 ball
  • Formatlash sifati – 20 ball
  • Taqdimot - 10 ball 
    Jami: 100 ball

 

Xulosa

Siz Wordda dizaynerlikdan foidalanishni va marketing materiallarini tajorlashni o'rgandingiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7-mavzu yuzasidan vebquest: 

"Oila budjeti hisob-kitobi"

 

 

Kirish: Siz oila budjeti nazorati uchun Exceldan foydalanishni o‘rganishingiz kerak.

 

Vazifa:

  • Har oydagi daromad va xarajatlar uchun jadval tuzing.
  • SUM() funksiyasi yordamida umumiy daromad va umumiy xarajatlarni hisoblang.
  • Shartli formatlash orqali xarajatlarning yuqori bo‘lgan qatorlarini qizil bilan belgilang.

 

Resurslar:

 

Baholash:

 

  1. Jadvalning to‘g‘ri tashkil qilinishi – 30 ball
  2. SUM() formulasi qo‘llanilishi – 30 ball
  3. Shartli formatlash – 40 ball

 

 

Jami: 100 ball

 

 

Xulosa: Siz Excelda shaxsiy budjet nazoratini yuritishni o‘rgandingiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-mavzu yuzasidan Veb-kvest: "Do‘kon sotuvlari tahlili"

 

Kirish: Siz kichik do‘konda ishlaysiz va har kunlik sotuvlarni tahlil qilishingiz kerak.

 

Vazifa:

  • Xaridorlar ro‘yxatini (tafsilotlari bilan) tuzing.
  • Xaridlar soni va umumiy daromadni hisoblash uchun SUM() va COUNT() formulalaridan foydalaning.
  • Gistogramma diagramma (barcha mahsulotlar sotilishini ko‘rsatuvchi) yarating.

 

Resurslar:

  • Microsoft'ning rasmiy Excel diagramma darslari
  • YouTubeda "Excelda diagramma tuzish"

 

Baholash:

  • Jadvalning to‘g‘ri tashkil qilinishi – 30 ball
  • Formulalar (SUM, COUNT) qo‘llanilishi – 30 ball
  • Gistogramma diagramma tuzish – 40 ball

Jami: 100 ball

 

Xulosa: Siz Excelda sotuv tahlilini o‘rganib, real hayotda qo‘llashingiz mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9-mavzu yuzasidan Veb-kvest: "O‘quvchilar baholarini hisoblash"

 

Kirish: Siz o‘qituvchisiz va o‘quvchilar baholarini hisoblashingiz kerak.

 

Vazifa:

  • Uy vazifasi, test va imtihon baholari uchun jadval tuzing.
  • AVERAGE() formulasi yordamida o‘rtacha bahoni hisoblang.
  • IF() formulasi bilan “o‘tdi” yoki “o‘ta olmadi” natijasini chiqaring.

 

Resurslar:

  • Microsoft Excelning rasmiy AVERAGE() formulasi haqidagi maqolasi
  • YouTubeda "Excelda baholarni hisoblash"

 

Baholash:

  • Jadval to‘g‘ri tashkil qilingan – 30 ball
  • AVERAGE() formulasi qo‘llangan – 30 ball
  • IF() formulasi qo‘llangan – 40 ball

 

Jami: 100 ball

 

Xulosa: Siz Excelda avtomatik baholashni tashkil qilishni o‘rgandingiz.