2-mavzu: Wrap text sozlamalaridan foydalanish
Mavzu bayoni
2-mavzu: Wrap text sozlamalaridan foydalanish bayoni
Wrap text sozlamalaridan foydalanish
Ba’zan hujjatga ham matn, ham tasvir joylashtirish kerak boʻladi. Bunda dizayn yaxshi koʻrinishiga ishonch hosil qilish uchun sahifadagi boʻsh joydan unumli foydalanish kerak. Matn va tasvirning hujjatda oʻzaro joylashuvini formatlash ham umumiy dizaynga ijobiy ta’sir etadi.
Hujjatdagi boʻsh joydan unumli foydalanish uchun matnni tasvirning atrofiga joylab koʻriladi. Bu sahifada katta hajmdagi boʻsh maydon qolmasligini ta’minlaydi. Wrap text sozlamasi tanlansa, ushbu format matnga emas, tasvir uchun qoʻllanadi. Ya’ni, tanlangan sozlamadan foydalanib matn tasvir atrofida joylanadi. Buni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin.
Tasvir chetiga matnni joylash quyidagicha amalga oshiriladi:
- Hujjatga tasvir qoʻshiladi.
- Tasvir tanlanadi.
- Format menyusidan Wrap Text buyrugʻi tanlanadi.
Ekranda matn va tasvirni birga joylashning turli variantlari aks etgan yangi menyu paydo boʻladi.
Variantlarning qisqacha bayoni:
- Square (квадрат-kvadrat) variantida tasvir atrofiga toʻgʻri toʻrtburchakli chegara qoʻyiladi va matn chegara atrofiga joylanadi. Ushbu chegara “cheklovchi qism” deb nomlanadi.
- Tight (по контуру- kontur bo'ylab) variantida tasvir atrofiga kontur qoʻyiladi va matn kontur atro ga joylanadi. Agar tasvir kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda boʻlsa, natija Square (квадрат-kvadrat) variantidan farq qilmaydi.
- Through (Сквозное- orqali) varianti matn har qanday boʻsh hududga joylashishini ta’minlaydi. Uni birinchi marta qoʻllaganda natija Square (квадрат-kvadrat) yoki Tight (по контуру- kontur bo’ylab) variantlaridan farq qilmaydi. Matn sahifaning boʻsh maydoniga joylanishi uchun sozlamalar yordamida joylanish nuqtalarini tahrirlash kerak.
- Top and Bottom (Сверху и снизу- Yuqori va pastki) variantida matn tasvirning yon tomonlariga emas, faqat yuqori va pastki qismiga joylanadi.
- Behind Text (За текстом- мatn orqasida)- varianti orqali tasvir har qanday matnning ortiga joylanadi. Natijada matn tasvirning ustki qatlami sifatida koʻrinadi.
- In Front of Text (Перед текстом- Matn oldida) tanlovida tasvir har qanday matnning yuzasiga joylanadi. Natijada matn tasvirning ortki qatlami sifatida koʻrinadi.
- Edit Wrap Points (Изменить контур обтекания-o‘rash nuqtalarini tahrirlash variant) tasvir va matn joylashgan nuqtalarni tahrirlashga imkon beradi. Bu sozlama Wrap text menyu boʻlimida ham mavjud boʻlib, Tight (по контуру- kontur bo’ylab) va Through (Сквозное- orqali)variantlari bilan ishlaganda qoʻl keladi. U orqali matnni tasvirning ba’zi qismlariga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish mumkin.
- Joylashtirish nuqtasini tahrirlash uchun Wrap Text tanlovlaridan biri qoʻllanadi va Edit Wrap Points tugmasi bosiladi.
- Endi tasvir atrofida kichik qora kvadratchalar bilan tutashgan qizil chiziq paydo boʻladi va bu joylash nuqtalarini bildiradi. Agar biror qora kvadratcha siljitilsa, tasvir shakli matn joylanishi uchun oʻzgaradi va shunga koʻra matn joylanadi. Bundan tashqari, qizil chiziqni bosish va siljitish orqali qoʻshimcha joylash nuqtalari hosil qilinadi va qora kvadratcha paydo boʻladi.
Wrap Text sozlamasini qoʻllab boʻlgach, tasvirni qayerga joylashtirishni hal qilish kerak. Istalsa, tasvir shunchaki yangi joyga suriladi. Buning uchun tasvir tanlanadi va sichqoncha kursori uning ustiga qoʻyiladi. Keyin sichqoncha tugmasini bosib, ushlagan holda tasvir sahifadagi yangi joyiga oʻtkaziladi.
2.1-mashg‘ulot
Flowers.docx hujjatini oching va oʻqituvchingiz bergan dafodil.jpg tasvirini kiriting. Square (квадрат-kvadrat) sozlamasidan foydalanib matnni tasvir atro ga joylashtiring. Tasvirni nargis guli haqidagi matnning chap tomoniga joylashtiring. Matn tasvir atrofida tekis joylashganini qayta tekshiring.
2.2-mashg‘ulot
Matn kursorini “Lola” soʻzi yoniga oʻtkazing. Endi Tulip.jpg tasvirini joylashtiring. Matnni Tight (по контуру- kontur bo’ylab) sozlamasi yordamida joylang. Tasvirni sahifa boʻylab siljiting va lolalar haqidagi matnning oʻng tomoniga qoʻying. Matn tasvirning konturi atro ga joylashganiga ishonch hosil qiling.
2.3-mashg‘ulot
Hujjatga Daisy.jpg tasvirini joylashtiring. Through (Сквозное- orqali)sozlamasi yordamida matn joylang. Tasvirni moychechaklar haqidagi matnning oʻng tomoniga qoʻying. Matn moychechaklar orasidagi boʻsh joy atrofida joylashganiga ishonch hosil qilish uchun joylash nuqtalarini tahrirlang.
Hujjatni My_Flowers.docx nomi bilan saqlang.
Mavzu yuzasidan mediakontent
Telegram guruhimiz