Biz haqimizda

Biz haqimizda


Alimov Mirkamol Mengliboyevich -1977 yil 27 fevralda Surxondaryo viloyati Angor tumani Markaz maxallasida tug’ilgan. 1984-1994 yillarda Angor tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o’quvchisi.  1995-1999 yillarda Termiz davlat universiteti talabasi. 
1999-2005 yillarda Surxondaryo viloyati Termiz shaxar oziq-ovqat  kasb-hunar  kolleji informatika va axborot texnologiyalari  fani o‘qituvchisi. 
2005-2006 yillarda-Surxondaryo viloyati Termiz maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi. 
2006-2021 yillarda  Surxondaryo viloyati Termiz olimpiya zaxiralari kollejining  informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi. 
2021 yildan Termiz davlat pedagogika institutining informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika va axborot texnologiyalari  fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
2023 yil noyabr oyidan katta o'qituvchi vazifasida faoliyat yuritmoqda.
         1999-2005 yillar davomida Surxondaryo viloyati Termiz shaxar oziq-ovqat  kasb-hunar  kolleji informatika va axborot texnologiyalari  fani o‘qituvchisi vazifasida ishlagan. Osiyo taraqqiyoti banki (OTB) loyixasida xududiy koordinator vazifasini bajargan. Loyixa doirasida "Ta'lim samaradorligini oshisirish yo'llarida", "Ma'lim metodlari", "Baholash metodlari", "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, falsafasi" .. mavzusidagi xalqaro seminar-treninglarda Surxondaryodan bosh trener vazifasini bajargan. 
         2003-2005 yillarda Osiyo Taraqqiyoti Banki (OTB) loyixasi doirasida xududiy koordinator  lavozimida ishlagan. 2004 yil Avstraliyanng Viktoriya shtatida “Masofaviy ta’limni rivojlantirish” maqsadida malaka oshirgan. Surxondaryo va Qashrqadaryo viloyatlardagi loyixa doirasida 80 yaqin seminar-treninglarni boshqargan va munosib taqdirlangan. Avstaliyada masofaviy ta’lim tizimi bo’yicha bir qancha maqolalari gazetalar va konfirensiya materiallari to’plamlarda chop  etilgan.
        2009-2011 yillarda Termiz davlat universitetining “Amaliy matematika va axborot texnologiyalar” yo’nalishi bo’yicha magistraturada taxsil olgan. Magistraturada o’qish davrida “Prezident stipendiyasi Respublika” bosqichida faol qatnashib munosib o’rin egallagan. 
        2021-2024 yillar davomida 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari) bo’yicha ”VII sinfda Informatika va axborot texnologiyalari fanini mediatexnologiya vositasida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida 26 dan ortiq ilmiy va ilmiy-metodik maqolari  jurnallar, gazetalar va konfirensiya materiallari to’plamlarda chop etilgan.