1- mavzu: Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish

Mavzu bayoni

 

1-amaliy ko‘nikma

Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish

Hujjat yaratishda ba’zan bir xil formatlash buyruqlarini takroran sozlashga toʻgʻri keladi. Deylik, har doim yangi sarlavha kiritganda shrift oʻlchami, turi va rangi tanlangan sozlamalarga oʻzgartiriladi.

Istalgan yoki tanlangan sozlamalarni bir vaqtning oʻzida qoʻllaydigan matn stili (Text style)ni yaratish haqiqatan ham juda foydali. Foydalanuvchilar odatda matnning sarlavhasi va asosiy qismi uchun stil yaratadi. Bundan tashqari, matnning ta’kidlangan qismlari, kichik sarlavhalari va boshqalarni qoʻshimcha tarzda qamrab olgan stil yaratish mumkin.

 

 

Matn uchun yangi stil quyidagicha yaratiladi:

  1. Home menyusi tanlanadi va Стили (Styles) boʻlimining oxirida joylashgan strelka belgisi bosiladi.
  2. Создатьстиль (Create a Style) tugmasi bosiladi. Yaratmoqchi boʻlgan format sozlamalarini kiritish uchun oyna ochiladi.
  3. Имя (Name) maydoniga matn stili uchun nom kiritiladi.
  4. Hujjatga stil va uning maqsadini osongina tanib olishga imkon beradigan mos nom tanlanadi. Masalan, Mening_sarlavham nomi hujjat uchun yangi sarlavha yaratganda kerakli stilni oson topishga yordam beradi. Matn stili uchun nom yozib boʻlgach, Modify tugmasi bosiladi.

Ekranda matn stili uchun kerakli formatlarni tanlash oynasi ochiladi.

 

  1. Свойство (Properties) boʻlimidagi sozlamalarni oʻzgartirish shart emas. Formatting boʻlimida shri turi, oʻlchami, qalin, kursiv yoki tagiga chizilgan koʻrinishda boʻlishi hamda rangi sozlanadi.

6. Foydalanmoqchi boʻlgan shrift sozlamalari tanlangandan keyin OK tugmasi bosiladi.

  1. Yaratilgan matn stili Home menyusidagi Стили (Styles) boʻlimida paydo boʻladi.
  2. Yaratilgan matn stilini amalda qoʻllash uchun matnning formatlanuvchi qismi belgilanadi va yangi stil ikonkasi tanlanadi.

Mavzu yuzasidan mediakontent 

Dars ishlanmasi: