Maqolalar
Media nima?
| Mediatexnologiya- bu elektron hujjatlarni, shu jumladan vizual va audio effektlarni tayyorlash, interfaol o‘quv jarayonini yagona nazorat ostida turli xil vaziyatlarni dasturlashtirishdir. Ushbu texnologiyalar muloqotning bir usuli, inson faoliyatining mahsulidir. Binobarin, ulardan foydalanish ta’lim sifatini xamda talabalarning fanga bo‘lgan ishtiyoqi oshishi, o‘qish vaqtini tejash, bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi organlariga ta’siri tufayli materialni chuqur o‘zlashtirish, maxalliy tarmoq orqali o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, masofaviy va elektron ta’limni joriy etishga erishiladi. Bunday texnologiyalarning mavjudligi talabalarga ularni boshqarishda yordam beradigan maxsus vositalarga ega bo‘lish zarurligini keltirib chiqaradi. Ushbu vositalar multimedia aloqasi yoki oddiygina multimedia vositalaridir. |
Infografika — bu o‘zida birinchidan vizual elementlar, ikkinchidan esa shu elementlarni ta’riflovchi matnni mujassam qilgan xabar. Bunday format mavzu konseptualizatsiyasini yaratadi deyish mumkin, negaki xabarni vizuallashtiruvchi u yoki bu obrazni tanlash grafik yechimlarni aniq saralashni nazarda tutadi. Infografika qiziqarli va ma’noga boy bo‘lishi, katta hajmda ma’lumot berishi lozim. Biroq bu ma’lumot o‘qishga va qabul qilishga oson bo‘lishi kerak. Infografik kontentning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: diagrammalar; grafiklar; jadvallar; xaritalar; muqobil infografika, illyustratsiyalar. |
| Mediamatn — mediamahsulotning aniq natijasi: axborotni ifodalovchi va medianing istalgan turi va janrida bayon qilingan xabar (gazeta maqolasi, teleeshittirish, videoklip, film va h.k.). |
| Mediatil — aniq mediamatnlarni yaratishda foydalaniladigan ifodalilik vositalari va usullari majmuasi. |
Mediata’lim—pedagogika yo‘nalishi bo‘lib, “ommaviy axborot kommunikatsiyalari (matbuot, televideniye, radio, kino, video) qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan |
| Kompyuter savodxonligi (computer literacy) — kompyuter texnikasidan foydalana olish, informatika asoslari, axborot texnologiyalarini bilish. |
Mediaga oid kompetentlilik (media compentence)—shaxs asoslari, bilimlari, qobiliyatlari birligi (ko‘rsatkichlar: motivatsiyaga oid, muloqotga oid, axborotga oid, perseptiv, sharhlash/baholashga oid, amaliy-operatsion/ faoliyatga oid, kreativ), ular mediamatnlarni tanlashga, ulardan foydalanishga, tanqidiy tahlil qilishga, baholashga, turli ko‘rinishda, shaklda va janrlarda yaratish va uzatishga, medianing jamiyatda amal qilishiga doir murakkab jara- yonlar tahliliga ko‘maklashadi |
Shaxsning axborotga oid madaniyati (information culture of personality)—odam umumiy madaniyatining tarkibiy qismlaridan biri; an’anaviy va yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda individual axborot ehtiyojlarini maqbul tarzda qondirish bo‘yicha mustaqil faoliyatni ta’minlovchi axborot dunyoqarashi, bilim va ko‘nikmalar tizimi birligi |
Mediata’sir — (effects, media effects) — mediamatnlarning auditoriyaga ta’siri: ta’lim va tarbiya sohasida, ongni rivojlantirish, xatti-harakatlar, qarashlar, reaksiyalar, javoblarni, axborot tarqatilishini shakllantirish va h.k. |
Media qabul qilish — (media perception): “mediavoqelikni”, mediamatnlar mualliflari tuyg‘ulari va fikrlarini qabul qilish. |
Mediasavodxonlik— (media literacy)— mediata’lim yoki mediani o‘rganish natijasi. “Mediani qanchalik ko‘p o‘rgansangiz (media yordamida), shunchalik mediasavodli bo‘lasiz: mediasavodxonlik — bu tajriba o‘tkazish, sharhlash/ mediamatnlarni tahlil qilish va yaratish layoqati”. Mediasavodxonlik — “mediamatnlarni qabul qilish, yaratish, tahlil qilish, ularni baholash, hozirgi dunyoda medianing amal qilishiga doir ijtimoiy-madaniy va siyosiy kontekstni, mediada foydalaniladigan kodli va reprezen- tatsion tizimlarni tushunish bo‘yicha rivojlangan layoqatga ega mediasavodli insonni tayyorlash jarayoni; bunday insonning jamiyatdagi hayoti fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq bo‘ladi”. |
“Yumshoq yangilik” — axborotni uzatish shakli, bunda biron-bir hodisaning yakuniy natijasiga emas, balki tafsilotlarga urg‘u beriladi. |
Rerayting — turli manbalardan foydalanib, boshqa mualliflarning materiallariga chuqur ishlov berish orqali yangilik va maqolalar yozish, shu tarzda o‘zining original matnini yaratish. |
Ijtimoiy tarmoq — ijtimoiy aloqalarni yaratish, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, axborotga ishlov berish va tarqatish imkonini beruvchi onlayn-servis, sayt. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy xususiyatlari: turli-tuman ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha cheklanmagan imkoniyatlar. Ijtimoiy tarmoq sayti o‘z foydalanuvchilariga “do‘stlari” o‘rtasidagi aloqalarni kuzatish, turli jamoalarga qo‘shilish, guruhlar tuzish, o‘z profilidagi ma’lumotlarni umum- foydalanish uchun ochish yoki yopish, “do‘stlari” qoldirgan kontentga izoh yozish va b. ko‘plab imkoniyatlarni beradi. |
Taym-layn (Timeline) — chop etilgan nashrlaringiz tarixini bildiradi, bu barcha voqealarning xronologik tartibdagi tasmasidir. |
Alternativ faktlar — tekshirish imkoniyati yo‘q faktlar (“Bu faktlar emas. Bu yolg‘on” — NBC boshlovchisi Chak Todd nuqtidan). |
Gender statistikasi— statistikaning har bir an’anaviy sohasi qismi hisoblanadi, erkaklar va xotin-qizlarning real hayotini aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarni identifikatsiya qilish, yaratish va tarqatish uchun xizmat qiladi, shuningdek, gender siyosatini ishlab chiqishda hisobga olinadi. |
Verifikatsiya (ingl. verification) — mantiqiy usullar yordamida qabul qilingan va uzatilgan axborotlarning muvofiqligini aniqlash. |
Botlar — nayrangboz mualliflarning alohida turi; har qanday Internet foydalanuvchisi harakatlariga o‘xshash operatsiyalarni bajaruvchi dasturlar. |
Dezinformatsiya — axborotning alohida turi, u auditoriyaga voqelikning noto‘g‘ri manzarasini taqdim etadi. |
Kross-chek — professionallar doirasida o‘zaro tekshirish tizimi |
Mediamistifikatsiya — yaratilgan va axborot maydonida qayd etilgan soxta voqea (hodisa yoki holat), u haqiqatga yaqin qator dalillar bilan tasdiqlangan, ommaviy axborot vositalari uchun yorqin axborot sababi bo‘ladi. |
Mokyumentari (ing. mockumentary, to mock “soxtalashtirish”, “ustidan kulish” va documentary “hujjatli” so‘zlaridan olingan) — soxta hujjatli film; uning janriga voqelikni imitatsiya qilish xos. |
Ilmiy mistifikatsiya — odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan utilitar xarakterdagi maqola. |
Prankerlar — nayrangboz mualliflarning turi, ular telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiradi yoki Internetda soxta akkauntlarni yaratadi. |
Trollar — bu tarmoqdan foydalanuvchilar, odatda, tarmoqdagi o‘zaro hamkorlik qoidalarini buzadi, nizolarni keltirib chiqarish uchun turli tajovuzkor va tahqirli harakatlarni amalga oshiradi. |
Trolling — uning yordamida trollar — real odamlar tomonidan boshqari- ladigan profillar orqali xabarlar tarqatiladigan uyushgan tizim. |
Fakt — real bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risidagi haqqoniy, tekshirilgan bilimlar |
Faktoid — qisman tekshiriladigan tasvirlovchi axborot, zero u sodir bo‘lgan voqeani qisman yoritadi. |
Faktcheking — faktlarni tekshirish, uning yordamida chop etilgan faktlar bilan haqiqatda mavjud bo‘lgan faktlar o‘rtasidagi nomutanosibliklar aniqlanadi. |
Emotional Transfer (emotsional ko‘chirma)— bu emotsiyalar generatsiyasi jarayoni bo‘lib, bundan maqsad ularni kontentga ko‘chirish. Masalan, Koka-kola reklama- sida baxtli va chiroyli insonlar ko‘rsatiladi, ammo mahsulotning o‘zi haqida so‘z ketmaydi. Bunda gap siz o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va ushbu tuyg‘uni brendga yoki mahsulotga nisbatan berishingiz haqida bormoqda. Bu media tomonidan manipulyatsiya qilishning birinchi raqamli va eng muhim jarayonidir |
Bloger — o‘zining blogini yurituvchi shaxs. |
Brifing (ing., briefing; brief — “qisqacha” so‘zidan) — rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi. Unda qisqacha tarzda ma’lum masala bo‘yicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralarda, yig‘ilishlarda, konferensiyalarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan nuqtai nazar, ularning jarayoni, tomonlar qarashlari haqidagi xabar va h.k. lar bayon qilinadi |
Bekgraund (varianti: bekgraunder) — voqea atrofidagi “fon” (qo‘shimchalar, tafsilotlar), unga olib kelgan yoki sabab bo‘lgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘zda tutadi. Bu shov-shuv, yangilik emas, balki qo‘shimcha va tafsilotlar bo‘lib, ular tasvirlash shakliga va matn tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, bekgraunder bayonnoma tusidagi yagona va yakunlangan “voqeani” ifodalaydi. U muayyan bir mavzuni yoritadi yoki voqea atrofidagi va jurnalistlar tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil qiladi.
|
Telegram guruhimiz