Maqolalar

Dars ishlanmalar

Dars ishlanmalar bayoni

1-DARS ISHLANMASI

Taxminiy davomiyligi: 

45 daqiqa

IAT fani, sinf: 7

Mavzu: Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish

Maqsadlar (o‘zlashtiriladgan bilim va ko‘nikma):

  • Muayyan maqsadga mos keladigan matn yaratish va uni formatlash ko’nikmalarini shakillantirish.

jumladan shrift turi, oʻlchami va rangini o‘zgartirish; 

  • • matnni tagiga chizilgan, qiya yoki qalin ko‘rinishga keltirish

Materiallar/Resurslar:

  • 7 -sinf Informatika va axborot texnologiyalari o`quvchi uchun qo`llanma 7-9 betlar
  • Matn terish klubi — Typing Club (typingclub.com).
  • •    Kerakli vositalar: doska, markerlar yoki bo‘r, ruchka, qog‘oz, kompyuterlar, proyektor va internet

Asosiy tushunchalar:

  • Matn uslubi: matnning koʻrinishi. Masalan, shrift turi, oʻlchami, rangi va hokazo 
  • Formatlash: matn va tasvirlarning uslubini oʻzgartirish
  • Menyu oynasi: har bir menyuga oid buyruqlar joylashgan oyna.
  • Oyna: tugmani bosganingizda ochiladigan koʻrish maydoni. Bu turli variantlarni namoyish qilish uchun ishlatilishi mumkin maydon

Dars bosqichlari

Kirish qismi

• Oqituvchi:    Matn bilan ishlash dasturi haqida bilasizmi? (aqliy hujum)

• Oquvchilar:  Oz fikrlarini bildiradi.

• Oqituvchi :    6 - sinfda o’tilgan matn bilan ishlash mavzusuga oid tarqatma savollarni beradi.

(Matnli hujjat yaratish qanday amalga oshiriladi?, matinni tahrirlashga misollar keltiring?, Hujjatga rasm yoki boshqa obyektlar joylashtirishni tushuntiring? .(birgalikda o’ylaymiz)

•  O‘quvchilar: Fikrlarini partadoshi bilan muhokama qiladi.

•  O‘qituvchi: Oʻqituvchi kichik guruh aʼzolarining birgalikda ishlab chiqqan javoblarni sinf uchun oʻqib berishga chaqiradi.

•  O‘qituvchi: Barcha javoblarni qabul qiladi va yangi mavzuni elon qiladi.       

(3-5 daqiqa) 

Darsning asosiy qismi

•   Oqituvchi: O’quvchilarga kelajak kasblaridan uchtasini yozishini, undan ikkita o’zi qiziqqanini belgilashi va eng yaxshisi deb bittasini tanlab olishini topshiriq qilib beradi.(3-2-1)

•   Oquvchilar: Mashg’ulot daftarlariga kelajak kasblari haqida ma’lumot tayyorlaydi.

•  Oqituvchi:   O’quvchilarni komyuterdan foydalanish uchun taklif qiladi va matn bilan ishlash dasturini ishga tushirish topshirig’ini beradi.

•   Oquvchilar:Matn bilan ishlash dasturini ishga tushiradi.

• Oqituvchi:  Yuqoridagi kelajak kasblari bo’yicha ma’lumotlarni quyi sinflarda egallagan mavjud bilimlar asosida kiritish vazifasini beradi.

• Oquvchilar: Topshiriqni bajaradilar.

Oqituvchi:   Matn uchun yangi uslubni yaratish bo’yicha amaliy ko’rsatma beradi.

• O‘qituvchi:   o’quvchilarga “Mening_sarlavham” nomli matn uslubini yarating. Matn uslubini sozlamalarini Arial Narrow, 14 shrift oʻlchamiga sozlang va rangini koʻk qilib belgilang. Keyin esa bu matn uslubini yaratgan matningiz   uchun tatbiq qiling.

• Oquvchilar : Berilgan topshiriqni bajaradilar.

Oqituvchi:  Oquvchilar bajargan ishlarini tekshirib chiqadi.

• Oqituvchi:   “Mening_tagsarlavham” nomli matn uslubini yarating. Shrift turini Bookman Old Style va o‘lchamini 14 qilib belgilang. Shriftni qalin qiling va rangini toʻq koʻkka oʻzgartiring. Keyin esa bu uslubni matningizga  tatbiq eting. (Koʻnikmalarni sinab koʻrish)

• Oqituvchi:   O’quvchilarni amaliy mashg’ulotlarini tekshiradi. Va yuqoridagi berilgan topshiriqlarni bajarishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tekshiradi.

• Oqituvchi:   Mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustaxkamlaydi (Word dasturi matn bilan ishlaydi, Paint3D matn bilan ishlaydi ,…..).

• Oquvchilar: Muloxaza o’rinli bo’lsa o’ng qo’lini aks xolda chap qo’lini ko’taradi.

• Oqituvchi:   O’quvchilarga F va J xarflari qatnashgan so’zlarni (….muniut) belgilangan vaqt oralig’ida yozib chiqishlarini topshiriq qilib beradi.

• Oquvchilar: O’quvchilar  F va J xarflari qatnashgan so’zlarni belgilangan vaqtda yozib tugatadilar.

Oqituvchi:   O’quvchilar ishlarini tekshiradi va ko’p, xatosiz yozgan o’quvchilarni rag’batlantiradi.

(25-30 daqiqa)

Yakuniy qism

 

• Oqituvchi:    Bugungi dars yuzasidan o’quvchilarni qiziqtirgan savollarini berishlarini so’raydi. Mashg’uloti davomida berilgan topshiriqlarni bajarishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? 

Oquvchilar: O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni beradilar va amaliy topshiriqlarni bajarishdagi duch kelgan qiyinchiliklarni aytib o’tadilar 

. • Oqituvchi: Savollarga javob beradi, o’quvchilarni qiynagan masalalarni oson yechimlarini aytib o’tadi.

(5-10 daqiqa)

Baholash: 

• Formativ baholash:

• Dars davomidagi kuzatish;

•  Darsda  bajarilgan amaliy topshiriqlar; 

Izohlar: Dars ishlanmani tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalanildi

3-2-1 metodi, aqliy hujum, ko’nikmalarni sinab ko’ring, birgalikda ishlaymiz, savol javoblar

Matn terish dasturlarini so’ngi variantlaridan foydalanishingiz (2010) dan yuqori foydalanishingiz maqsadga muvofiq