9- mavzu: Print preview buyrug‘idan foydalanish
Mavzu bayoni
9-AMALIY KO'NIKMA:
Print preview buyrug‘idan foydalanish
Hujjat ustida ishlashni yakunlagandan keyin ekranning normal holati sahifaning hamma qismlarini koʻrsatmaydi. Shuning uchun Print Preview buyrugʻidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu buyruq sahifani toʻliq holatda aks ettirib beradi.
Print Preview yordamida sahifani ko‘rish
- File menyusidagi Print buyrugʻi tanlanadi.
- Yangi oyna ochiladi. Bu oynada hujjatning butun sahifasi holati koʻrinadi.
- Agar hujjat bir sahifadan koʻp boʻlsa, qolgan sahifalarni koʻrish uchun oynaning pastki qismidagi strelkadan foydalaniladi.
⸎ 9.1-mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatini qayta oching va Print Preview buyrugʻi yordamida sahifaning toʻliq holatini koʻring.
Ssenariy
Internetdan foydalanish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash
Maktabda barcha ota-onalarga internet va internet xavfsizligiga bagʻishlangan tadbir uchun buklet-taklifnoma tayyorlandi. Tadbir davomida internetdan foydalanishda yuzaga keladigan ayrim muammolar va xavfsizlikni saqlash haqida ma’lumot beriladi
⸎ 1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz bergan Internet_Lea et.docx hujjatini oching. Tadbir haqida bukletda keltirilgan batafsil ma’lumot bilan tanishing.
⸎ 2-mashg‘ulot
Hujjatga internet1.jpg tasvirini joylang va Wrap Text sozlamasi yordamida uning atrofdagi matnni formatlang.
⸎ 3-mashg‘ulot
Hujjatga jadval joylang va unga quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
- 10-iyul, 15:30 dan 17:00 gacha.
- 16-iyul, 15:30 dan 17:00 gacha.
- 20-iyul, 12:30 dan 14:00 gacha.
⸎ 4-mashg‘ulot
Quyidagi ma’lumotlarni belgili roʻyxat shaklida kiriting:
viruslar va zararli dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar, internetdan tadqiqotlar uchun foydalanish, onlayn oʻyinlar
⸎ 5-mashg‘ulot
Sahifa holatini albom koʻrinishiga oʻzgartiring va chegaralarini kichikroq qiling.
Shuningdek, matnni auditoriyaga qiziqarli qilib formatlang.
⸎ 6-mashg‘ulot
Sahifaga mos hoshiya qoʻshing va hujjat dizayni muva aqiyatli chiqqaniga ishonch hosil qilish uchun Print Preview buyrugʻidan foydalaning
1-masala
Microso Word dasturida koʻplab qoʻshimcha uskunalar va sozlamalar mavjud. Quyida rasmiy hujjat yaratishingiz uchun kerakli yana uchta buyruq haqida ma’lumot keltirilgan.
Find va Replace
Find and Replace deb nomlanuvchi buyruq matndagi bir yoki bir nechta bir xil soʻzni boshqasiga almashtirish imkonini yaratadi. Hujjatda ma’lum bir soʻz bir nechta joyda xato yozilgan boʻlsa yoki bu soʻzni boshqa soʻz bilan almashtirish kerak boʻlsa, shu buyruqdan foydalaniladi
Find and Replace (topish va almashtirish) buyrug‘idan foydalanish
- Home menyusi ochiladi, Find and Replace oynasini ochish uchun Replace tugmasi bosiladi.
- Paydo boʻlgan oynaning yuqori qismidagi maydonga xato yoki keraksiz soʻz yoziladi.
- Oynaning pastki qismidagi maydonga yangi kiritiladigan soʻz yoziladi.
Replace tugmasi bosilsa, almashtirilayotgan soʻzni matn ichida birma-bir koʻrib, har birini alohida-alohida almashtirish mumkin. Replace all tugmasi orqali kiritilgan soʻz matnning barcha joyida birdaniga oʻzgartiriladi
⸎ 1-mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatingizni qayta oching. Matnda mavjuda “lotin” soʻzining barchasini “botanika” soʻziga oʻzgartiring
⸎ 2-masala
Linklar
Linklar — auditoriyangizni boshqa joydagi ma’lumotlarga, masalan, boshqa hujjat yoki veb saytga yoʻnaltirish usuli.
Link yaratish
- Link aks etadigan soʻz yoki soʻzlar belgilanadi.
- Insert menyusidagi Links boʻlimidan Link buyrugʻi tanlanadi. Link oynasi ochiladi.
- Agar boshqa hujjat link qilinmoqchi boʻlsa, shu hujjatni kompyuter xotirasidan topish va tanlash kerak.
Agar veb sahifasiga link qoʻyish kerak boʻlsa, oynaning pastki qismidagi Address maydoniga sayt manzili yoziladi
⸎ 2- mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatining pastki qismiga quyidagi gapni qoʻshing:
- “Gullar haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerni bosing”.
- “bu yerni bosing” jumlasiga gullar haqidagi veb sayt linkini kiriting.
⸎ 3-masala
Muqova sahifasini qo‘shish
Hujjatga rasmiy koʻrinish berishning yana bir usuli muqova sahifasini qoʻshishdir. Muqova sahifasi auditoriyaga hujjat nima haqida ekanini koʻrsatib turadi. Shuningdek, ularning e’tiborini hujjatga jalb qilib, qiziqishini oshiradi.
Muqova sahifasini qoʻshish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Insert menyusidan Cover Page tugmasi tanlanadi. Muqova sahifasi uchun koʻplab dizayn namunalarini oʻz ichiga olgan oyna ochiladi.
2. Hujjatga mos dizayn tanlanadi va bosiladi.
3. Muqova sahifasidagi matn auditoriyaga moslab oʻzgartiriladi.
⸎ 3-mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatiga gullar tasvirlangan muqova sahifasini qoʻshing. Sarlavhaga “Gullar haqida” deb yozing va taglavha oʻrniga ismingizni kiriting.
Yakuniy loyiha — internetdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash
Oʻqituvchilaringiz internet masalasiga bagʻishlangan tadbirda ota-onalarga internetdan xavfsiz foydalanishga oid kichik qoʻllanma bermoqchi. Ular qoʻllanmaga kiritiladigan ba’zi tasvirlarni tanlab, matn qismlarini ham tayyorlagan. Sizdan qoʻllanma hujjatini formatlash va yanada rasmiyroq koʻrinish berish talab qilinadi. Oʻqituvchilaringiz bu vazifani bajarishda sizdagi ajoyib koʻnikmalarga va hujjatlarni formatlash tajribangizga ishonadi!
⸎ 1-mashg‘ulot
Internet _Lea et.docx hujjatini va internet2.jpg hamda internet3.jpg tasvirlarini oching. Oʻzlashtirgan formatlash koʻnikmalaringizdan foydalanib matn va sahifa dizaynini formatlash haqida oʻylab koʻring.
⸎ 2-mashg‘ulot
Qoʻllanma koʻrinishini yaxshilash va tadbir ishtirokchilari diqqatini jalb qilish uchun formatlash buyruqlariga oid tajribangizga tayaning. Jadval yoki belgili roʻyxat koʻrinishida ifodalash mumkin boʻlgan har qanday ma’lumotlarga ahamiyat bering.
Telegram guruhimiz