8- mavzu: Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish

Mavzu bayoni

8- AMALIY KO'NIKMA: 

Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish

Yangi hujjat yaratishda Page setup sozlamalari alohida ahamiyatga ega. Sahifani formatlash hujjat rasmiy koʻrinishiga va axborotni muva aqiyatli taqdim etishga xizmat qiladi. Hujjat munosib shaklda koʻrinishi uchun qator formatlash buyruqlari bor.

 

Orientation buyrug‘i

Orientation buyrugʻi yordamida toʻliq hujjat yoki biror sahifaning holati oʻzgartiriladi. Orientationning oddiy ma’nosi sahifaning koʻrinish holati oʻzgarishidir. Sahifa koʻrinishining ikki turi mavjud: kitob sahifasi va albom sahifasi.

Kitob sahifasi holati bu sahifaning ekranda odatiy koʻrinishi. Bunda sahifaning chap va oʻng tomoni uzun boʻladi.

Albom sahifasi holatida sahifaning yuqori va pastki tomonlari uzun koʻrinishda boʻladi.

Toʻliq hujjat yoki bitta sahifani albom koʻrinishiga oʻzgartirish mumkin. Bu elementlarni sahifaga oson joylashda yordam beradi.

Agar katta tasvir va u bilan yonma-yon joylanishi kerak boʻlgan matn boʻlsa, albom sahifasi foydalanish uchun juda qulay. Shuningdek, bu holat koʻp ustunli ma’lumotlar jadvali bilan ishlashda ham yengillik yaratadi.

Hujjatning sahifa holatini oʻzgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1.Layout menyusidan Orientation kichik menyusi tanlanadi. “Portrait” yoki  “Landscape” variantlari ochiladi.

2.Sahifa uchun kerakli holat belgilanadi

 

Hujjatdagi bitta sahifa holatini oʻzgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Sahifadagi barcha matn belgilanadi.
  2. Layout menyusi ochiladi.
  3. Page Setup sozlamasining quyi oʻng burchagidagi kichik strelka bosiladi va qoʻshimcha sahifa sozlamalarining oynasi ochiladi.

  1. Oyna pastida joylashgan “Apply to” ochiluvchi menyusidan “Whole document” varianti tanlansa, bu sozlama butun hujjatga qoʻllanishini bildiradi.
  2. Bu variant Selected textga oʻzgartiriladi.
  3. Sahifa holatini tanlash uchun Portrait yoki Landscape bandi bosiladi.

Bu tanlangan matn joylashgan sahifa holatini oʻzgartiradi.

Sahifa chegaralari

Hujjat sahifasiga qaralsa, barcha chetki qismlar atrofida oq rangli boʻsh maydon borligi koʻrinadi. Hujjatdagi matn uning chetlaridan maxsus oraliq masofada koʻrinishi uchun sozlangan. Bu formatlash buyrugʻi Margin deb nomlanadi.

Ayrim hollarda sahifaga joylashtiriladigan ma’lumot koʻproq boʻlishi mumkin. Sahifaning oʻzida biroz qoʻshimcha joy yaratish maqsadida chegaralarni oʻzgartirish imkoni mavjud.

Hujjat chegaralarini oʻzgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Layout menyusidan Margins kichik menyusi tanlansa, chegaralar variantlari ochiladi.
  • Sahifada biroz koʻproq joy hosil qilish uchun chegara hoshiya formati Normaldan Narrowga oʻzgartiriladi.

Matn ekrandagi sahifaning chetlariga yaqinroq suriladi va matn uchun biroz joy qoʻshiladi.

Qatorlar orasidagi interval

Hujjat yaratayotganda, ayniqsa, maktab uchun hujjat yaratayotganda oʻqituvchi matnning qatorlari orasida qoʻshimcha joy qoldirishni soʻrashi mumkin. Bu yozish texnikasini qanday rivojlantirish haqida oʻz izohini yozish uchun maydon boʻlib xizmat qiladi. Agar matn qatorlari bir-biriga juda yaqin boʻlsa, izohlarni qoʻshish qiyinchilik tugʻdiradi.

Formatlash buyrugʻidan foydalanib qatorlar intervali kengaytiriladi va oʻqituvchi izohlariga oraliq joy ajratish mumkin. Bu formatlash buyrugʻi Line Spacing deb ataladi.

Hujjatdagi matn qatorlarining intervalini o‘zgartirish

  1. Oʻzgartirilmoqchi boʻlgan matn belgilanadi.
  2. Layout menyusi ochiladi va Paragraph boʻlimining oʻng quyi qismida joylashgan kichik strelka bosiladi. Formatlash buyrugʻining turli sozlamalari keltirilgan roʻyxat ochiladi.
  3. Spacing maydonidagi qatorlar orasidagi interval varianti Singledan Multiplega oʻzgartiriladi

Shuningdek, qatorlar orasidagi intervalni “1.5 lines” yoki “another value”ga oʻzgartirish mumkin. “1.5 lines” sozlamasi qatorlar orasidagi yarim qator boʻshliqni hosil qiladi, “Double” sozlamasi esa, matndagi qatorlar orasida butun boʻsh qatorni hosil qiladi.

Sahifa hoshiyasi

Hujjatga oxirgi formatlash shtrixi (touching)ni qoʻshish uchun uning har bir sahifasiga hoshiya joylash mumkin. Bu hujjatning alohida ajralib turishini ta’minlaydi va yaxshi ishlov berilganini koʻrsatadi. Hoshiya yaxshi tanlangan va oddiy ekaniga e’tibor berish kerak. Aks holda u hujjatning asl maqsadidan chalgʻitishi mumkin.

Hujjat sahifalariga hoshiya qo‘shish

  1. Design menyusi ochilib, Page Borders buyrugʻi tanlanadi. Bu sahifa hoshiyalari uchun tanlovlar oynasini ochadi.
  2. Sozlamalar Box, Shadow yoki 3Dga oʻzgartiriladi.
  3. Style boʻlimidan hoshiya koʻrinishi tanlanadi.
  4. Sozlamalarni oʻzgartirib, tegishli hoshiya tanlangach, OK tugmasi bosiladi.

Har bir sahifada hoshiya paydo boʻladi.

⸎ 8.1-mashg‘ulot

Oʻqituvchingiz bergan School_News_Article.docx hujjatini oching.

Sahifa koʻrinishi holatini albom koʻrinishiga oʻzgartiring.

⸎ 8.2-mashg‘ulot

Hujjatdagi chegara maydonini Margins buyrugʻi yordamida kichikroq qiling.

⸎ 8.3-mashg‘ulot

Matnning pastki xatboshisi uchun qatorlar orasidagi intervalni 1.5 linesga oʻzgartiring.

⸎  8.4-mashg‘ulot

Hujjat sahifalariga hoshiya qoʻshing.