Yordam

Yordam

Web sayt haqida umumi ma'lumotlar 

 

7-sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻquv faoliyati davomida metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan elektron axborot ta'lim muhiti asosida oʻqitishning elektron manzili www.startmedia.uz sayti boʻlib, quyida uning afzalliklari va foydalanish metodikasi haqida soʻz yuritamiz.
Veb-saytlar orqali informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha oʻquv jarayonining muddati belgilanadi. Muhimi shundaki, oʻquvchi mavzu yuzasiga doir yutuq va yangiliklar, taqdimotlar, slaydlar,  mavzularni tushitirishga doir innovasion texnologiyalarni amalda qoʻllab koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi. Shu orqali oʻquvchining yangilikka, oʻrganish va izlanishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish bilan birga amaliy koʻnikmalari toʻla ta'minlashga erishish orqali individual kompetensiyalari rivojlantiriladi. Oʻqituvchi-oʻquvchining innovasion yondashuv asosida amaliy ishlariga doir boʻshliqlarni bajarishga, ilmiy-metodik jihatdan qoʻllab quvvatlash, oʻzini oʻzi rivojlantirish va baholash uchun amaliy ishlarini bajarishiga va javob yoʻllashni ham mustaqil, oʻziga qulay vaqtda bajarishiga katta imkoniyat yaratadi. Bu, albatta,  ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Ilmiy tadqiqotimiz natijasida “Word Press” SMS (Content Management System – Kontentlarni boshqarish tizimi) kontenti orqali interfaollik, individuallik, oʻquvchilarning vaqti, ehtiyoji, imkoniyatlariga asoslanganlik, ta'limning oshkoraligi va oʻzgaruvchanligi kabi ustuvor tamoyillar asosida informatika fani oʻqituvchilarining informatika va axborot texnologiyalari fani yuzasidan mediatexnologiyalarga yoʻnaltirilgan “www.startmedia.uz” nomli veb-sayt yaratdik. 
Veb-saytning maqsadi – 7- sinf informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha mediatexnologiyalar asosida uzluksiz bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va yangilab borish, mustaqil tarzda oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash orqali indiviual kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
Veb-sayt tizimi orqali tashkil etiladigan mediatexnologiyaga asoslangan ta'lim tizimining samaradorligini ta'minlashda quyidagi omillarni e'tiborga olish zarur:
mazkur jarayon tadqiqiy va tahliliy yoʻnalishga ega boʻlishi;
sub'ekt-sub'ekt munosabatlarini rivojlantirishi;
shaxsiy imkoniyatlarini takomillashtirish uchun zaruriy psixologik muhitni vujudga keltirish;
kontentlarning yangiligi va ishonchligini, jamiyatning ijtimoiy talablariga mosligini ta'minlash;
axborot va amaliy vazifalarlarning fanni oʻqitish metodikasiga doir soʻnggi yutuq va innovasiyalarni oʻzida mujassamlashtirishiga erishish;
oʻquvchilarning ehtiyojlari, imkoniyatlari va amaliy faoliyati davomida vujudga keluvchi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, ular dolzarb deb hisoblagan muammolarni hal etishga yoʻnaltirish;
Saytdan informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilari xamda oʻquvchilari, informatika fani ta'lim metodistlari va umumta'lim maktablarida IT sohasiga qiziquvchi faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar hamda oliy ta'lim muassasalarining informatika ta'lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalar keng foydalanishlari mumkin. 
“Informatika va axborot texnologiyalari”ga doir mediata'limga  asoslangan  ta'lim tizimining elektron manzili www.startmedia.uz  veb-saytida joylashtirilgan resurslar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
“Biz xaqimizda” -muallif xaqida umumiy ma'lumotlar, “Yordam”-Veb saytdan foydalanish yuzasidan koʻrsatmalar, kerakli tavsiyalar uchun elektron pochta manzillari, savol va javoblar, “Oʻqituvchilarga” boʻlimda esa “Media nima”, “Dasturlar”, “Taqdimotlar”, “Dars ishlanmalari”, Video darslar”, “Fotogaleriyalar” bilan boyitilgan. “1-mavzu: Matn stillarini sozlash va ulardan foydalanish”– ma'ruza matnlari va amaliy mashgʻulot ishlanmalari, mavzuga oid mediakontent ularning prezentasiyalari, krossvordlar, test savollari– informatika fanini mediatexnalogiyalar asosida  mustaqil oʻrganganlari asosida oʻzini oʻzi baholash uchun onlayn test rejimi, elektron savollar, tadqiqiy-ijodiy loyiha topshiriqlaridan foydalanish uchun informatika va axborot texnologiyalari  fanini oʻqitishga doir adabiyotlar roʻyxati va ularning obzori

Web sayt muallifi: Alimov Mirkamol Mengliboyevich

Web sayt yuzasidan kerakli  savollaringizni  mirkamol197727@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.