6- mavzu: Hujjatga Header va Footer maydonlarini qo‘shish
Mavzu bayoni
6-AMALIY KO'NIKMA:
Hujjatga Header va Footer maydonlarini qo‘shish
Hujjat haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni aks ettirish uchun sahifaga Headers va Footers maydonlari qoʻshiladi. Header hujjatning yuqori, Footer esa pastki qismiga qoʻshiladi. Ular qoʻshilgach, hujjatning har bir sahifasida koʻrinadi.
Header maydoni hujjatning nomi hamda muallif ismini kiritishda qoʻllanadi. Ayrim hollarda hujjat versiyasi ham shu maydonga joylanadi. Masalan, “Yakuniy loyiha”.
Footer maydoni sana va hujjatning sahifa raqami kabi ma’lumotlarni ifodalash uchun qulaydir.
Oddiy matnli header qo‘shish
- Insert menyusidagi Header buyrugʻi tanlanadi.
- Header uchun variantlar roʻyxati aks etgan menyu ochiladi.
- Quyidagi variant tanlanadi: Blank.
Sahifaning yuqori qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Header deb yozilgan maydon hosil boʻladi.
Header maydoniga ma’lumotni ikki usulda kiritish mumkin:
- Maydondagi [Type here] yozuvi oʻrniga ma’lumotni kiritish orqali.
- Shuningdek, maxsus ma’lumotlarni quyida bayon qilingan amallarni bajarish orqali.
Headerga hujjat haqidagi maxsus axborotlarni kiritish
- Document Info ikonkasi tanlanadi.
- Maxsus menyu ochiladi.
- Author variantida, Header maydoniga muallif ismi avtomatik tarzda joylanadi.
Footer maydoniga matn kiritish
- Insert menyusi ochiladi.
- Footer buyrugʻi tanlanadi.
- Xuddi Header kabi variantlar roʻyxati ochiladi.
- Blank varianti tanlanadi.
Sahifaning quyi qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Footer deb yozilgan maydon hosil boʻladi.
Axborotlarni bevosita Footer maydoniga yozish yoki maxsus axborot variantlaridan tanlash mumkin.
Hujjatning sahifa raqamini kiritish
- Header&Footer Tools menyusidan Design boʻlimi tanlanadi.
- Page Number kichik menyusi bosilsa, variantlar roʻyxati ochiladi.
- Bottom of page varianti belgilanadi.
- Sahifa raqamini Footerning qaysi qismiga joylash tanlanadi. Footerga sahifa raqami qoʻshiladi.
Footerga sana va vaqtni kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Header&Footer Tools menyusidagi Design boʻlimi tanlanadi.
- Date & Time buyrugʻi belgilanadi.
Footerda sana qanday koʻrinishi aks etgan tanlovlar, ya’ni, format oynasi ochiladi.
Shundan keyin:
- Sana va vaqt uchun format tanlanadi.
- Hujjatning Footer maydonida sana va vaqt aks etadi.
Hujjatning yuqori va quyi qismiga ma’lumotlar istagandek joylashtirilgach, Close Header and Footer tugmasi bosiladi va oyna yopiladi.
⸎ 6.1-mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatini oching. Hujjatning Header maydoniga ismingiz va hujjat nomini kiriting.
⸎ 6.2-mashg‘ulot
Sahifa raqami va hujjat sanasini Footer qismiga joylang.
Telegram guruhimiz