Maqolalar
Idrok xaritasi
Idrok xaritasi
“Idrok xaritasi” metodi “Aql xaritasi”, “Intellekt karta”, “Mental karta”, “Mind Map” yoki “Fikrlar xaritasi” deb ham yuritiladi. “Idrok xaritasi” – mediatexnologiya vositalari yordamida tayyorlangan oʼquv materiallari, faktlar, tushunchalar, gʼoyalar sifatida qoʼllana oladigan koʼrgazmali konstruktsiyalardan iborat qisqacha shartli maʼlumotnoma koʼrinishidagi tayanch signallar tizimidir. Unda oʼzaro uzviy bogʼlangan ramzlar (soʼz, shartli belgi, jadval, chizma, rasm va h.k) ifodalangan boʼlib, qandaydir maʼnoli mohiyatni anglatadi.
Bu analitik fikrlash instrumenti boʼlib, maksimal tarzda muammoning yechimini topish zarurligida qoʼllaniladi. Maqsad turlicha boʼlishi mumkin: fikrlar generatsiyasi, taqdimotga tayyorlanish, tadbir tashkil etish va oʼtkazish, katta hajmdagi axborotni eslab qolish, kun tartibini yoki loyiha ishini rejalashtirish, maʼlumotni qayta ishlash, analiz qilish va eslab qolish, kompyuter soxasiga tegishli nostandart vazifalarni yechish uchun foydalanish tavsiya etiladi. Koʼrinishidan ham neyronning shoxlanishiga oʼxshab ketadigan diagrammani tashkil etadi.
Idrok xaritasini tuzishda miyaning ikkala yarim shari ham faoliyatga jalb qilinadi. Bu texnika koʼp funktsiyali hisoblanib, barcha bilish jarayonlarida – xotira, ijodiy fikrlash, oʼqish va tafakkurning barcha shakllarida qoʼllash mumkin.
Telegram guruhimiz