3- mavzu: Tasvirni qirqish va o‘lchamini o‘zgartirish
Mavzu bayoni
3- AMALIY KO'NIKMA
Tasvirning ma’lum bir qismidangina foydalanish va keraksiz qismni qirqib olib tashlash uchun Crop buyrugʻi qoʻl keladi.
Shuningdek, tasvir o‘lchamini kerakli ravishda moslash uchun Resize buyrugʻi bor. Ushbu jarayonni tasvir tomonlarining nisbatini oʻzgartirmagan holda toʻgʻri amalga oshirishga e’tibor qilish kerak.
Qirqib olish amalini bajarish uchun avvalo tasvir tanlanadi. Tasmada paydo boʻlgan Format menyusidan Crop buyrugʻi topiladi va tanlanadi. Shunda tasvirning burchaklari va yonlarida qalin qora chiziqlar paydo boʻladi.
Sichqoncha kursori ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga keltiriladi va sichqoncha tugmasini bosib, ushlagan holda tasvirning kerakli qismi tomonga yurgiziladi. Tasvirning qirqilayotgan keraksiz qismi toʻq rang bilan belgilanib qoladi.
Resize amalini bajarish uchun avval tasvir tanlanadi. Uning burchak va yon tomonlarida nuqtalar paydo boʻladi. Sichqoncha kursori nuqtalardan biriga joylashtiriladi va sichqoncha tugmasini bosgan holda kursor tasvir markaziga yaqinlashtiriladi (tasvir kichrayadi) yoki uzoqlashtiriladi (tasvir kattalashadi).
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun Resize jarayonida tasvir burchaklaridagi nuqtalardan foydalaniladi. Agar tasvirning nisbatlari saqlanmasa, uning sifati pasayadi va notabiiy koʻrinadi.
⸎ 3.1-mashg‘ulot
Yangi Microsoft Word hujjatini oching. Daisy.jpg tasvirini joylashtiring.Tasvirdagi bitta moychechakni qirqib oling.
⸎ 3.2-mashg‘ulot
Tasvir oʻlchamini sahifa hajmi bilan tenglashtiring. Aspect Ratio saqlanganiga ishonch hosil qiling. Hujjatni saqlang.
ℳ: MAVZUGA OID VIDEO KONTENT.
Izoh: Ushu video kontent orqali siz amaliy mashg'ulotlarni ketma-ket bajarishingiz mumkin.
Telegram guruhimiz