5- mavzu: Belgili ro‘yxat yaratish
Mavzu bayoni
5-AMALIY KO'NIKMA:
Belgili ro‘yxat yaratish
Ma’lumotni aniq va tushunarli taqdim etishning yana bir usuli bu belgilangan nuqtalar bilan markerlangan roʻyxat yaratishdir. Belgilangan nuqtalar hujjatga ma’lumotlar ro‘yxatini kiritishda asqatadi.
Roʻyxatdagi har bir element belgilanib, alohida qatorga joylansa, hujjatni oʻqish osonlashadi. Roʻyxatni matnli paragrafning bir qismi sifatida oʻqish nisbatan murakkabligi sir emas.
Masalan, meva turlari keltirilgan quyidagi roʻyxatlardan qay biri oʻqish uchun oson?
-olma, nok, apelsin, uzum, qovun, oʻrik, banan, olcha, qulupnay, maymunjon va qoragʻat
yoki
- Olma;
- Nok;
- Apelsin;
- Uzum;
- Qovun;
- Oʻrik;
- Banan;
- Olcha;
- Qulupnay;
- Maymunjon;
- Qorag'at
Belgili ro‘yxat yaratish
- Roʻyxatdagi har bir ma’lumot alohida qatorga yoziladi.
- Roʻyxatdagi barcha elementlar belgilanadi.
- Home menyusi tanlanadi.
- Paragraph boʻlimidan Bullets buyrugʻi tanlanadi.
Belgilangan roʻyxatdagi har bir ma’lumot boshida alohida belgi paydo boʻladi. Odatda ekranda paydo boʻladigan belgi kichik nuqta koʻrinishida boʻladi.
Belgining shaklini o‘zgartirish
- Roʻyxatdagi barcha elementlar belgilanadi.
- Bullets buyrugʻidan keyingi strelka belgisi bosiladi.
- Roʻyxatlar uchun turli koʻrinishdagi belgilar toʻplami koʻrinadi.
- Kerakli belgi tanlangandan keyin belgilangan roʻyxat shu koʻrinishda boshlanadi.
Nafaqat shaklli, balki raqamli belgilardan ham foydalanish mumkin. Bu amalni bajarish uchun belgili roʻyxatni yaratish ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Yagona sharti — Bullets buyrugʻi oʻrniga Numbering buyrugʻi tanlanadi.
⸎ 5.1-mashg‘ulot
My_Flowers.docx hujjatini oching. Quyidagi jumlani hujjatning boshiga yozing:
“Ushbu hujjatga kiritilgan gullar roʻyxati:”
Keyin hujjatga kiritilgan uchta gulning nomini belgili roʻyxat shaklida yozing.
⸎ 5.2-mashg‘ulot
Roʻyxatingiz belgisini quyidagi shaklga oʻzgartiring:
⸎ 5.3-mashg‘ulot
Quyidagi belgili roʻyxatni raqamli koʻrinishga oʻtkazing.
- Gul ekish uchun bogʻingizdan mos joyni tanlang.
- Gulni ekish uchun chuqur qazing.
- Chuqurga biroz oʻgʻit soling.
- Gulni eking va chuqurchani tuproq bilan toʻldiring.
- Gulni sugʻoring.
Hujjatdagi oʻzgarishlarni saqlang.
Telegram guruhimiz