7- mavzu: Matnni ustunlarga bo‘lish

Mavzu bayoni

7-AMALIY KO'NIKMA: 

Matnni ustunlarga bo‘lish

Hujjatda yangiliklar maqolasi yoki maqolasifat ma’lumotni aks ettirish, matn qatorlarini qisqaroq va oʻqishga osonroq qilish uchun eng yaxshi usullardan biri matnlarni ustunlarga boʻlib joylashtirish hisoblanadi.

Odatda hujjatlar matni bitta ustunga joylashadi. Bu ustunning vazifasi matn tekisligiga javob berishdan iborat. Lekin sahifadagi matnni birdan ortiq ustunga joylash imkoni bor. Ushbu amal yordamida gazeta yoki jurnal koʻrinishida, shuningdek, ixcham va oʻqishga qulay hujjat yaratish mumkin.

Matnni ikkita ustunga joylash quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ustunlarga boʻlinadigan matn belgilanadi.
  2. Layout menyusidan Columns boʻlimi tanlanadi.

Shunda ustun variantlari paydo boʻladi. Kerakli ustunlar soni tanlanadi.

Matn tanlangan ustunlarga ajraladi.

Ustunlar yanada tartibli koʻrinishi uchun qoʻshimcha formatlash sozlamalari faollashtiriladi. Har bir ustunning oʻng chetiga qaralsa, matnning har bir qatori turli joyda yakunlangani koʻrinadi. Ularning hammasi ham ustunning chap tomonidagi kabi tekis chiziqda aks etmaydi. Ustunning oʻng tomonini ham tekislash “matnni tekislash” sozlamasi yordamida bajariladi.

Matnni tekislash quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Kerakli matn belgilanadi.
  2. Home menyusidagi Paragraph boʻlimidan Justify buyrugʻi tanlanadi.

Matn oʻng tomondan ham bir chiziq boʻylab tekislanadi. Bu formatlash stili matndagi soʻzlar orasiga boʻshliqlar qoʻyish orqali oʻng tomonni tekislaydi.

⸎ 7.1-mashg‘ulot

Oʻqituvchingiz bergan School_News_ Article.docx hujjatini oching. Maqoladagi matnni uchta ustunga ajrating va bir chiziqda tekislang.